Namanganda erkak ayol kishini Qozog‘iston fuqarosiga sotib yubordi

Namanganda erkak ayol kishini Qozog‘iston fuqarosiga sotib yubordi

O‘zbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari bo‘lib, ularni ta’minlash Konstitusiya bilan kafolatlanadi.

Respublikasi Jinoyat kodeksida odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi shaxs erkinligi konstitusiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi. Amaldagi jinoyat kodeksi 135-moddasi birinchi qismi dispozisiyasi mazmuniga ko‘ra odam savdosi deganda odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatasiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.

Sudlanuvchi J.Umurov (ism shariflar shartli) fuqaro S.Abrorovani Qozog‘iston Respublikasida yaxshi daromad keltiradigan ish borligiga ishontirib, unga har oyda 200 AQSh dollar miqdorida oylik ish haqqi qilib berish evaziga besh nafar fuqarolarga oshpazlik qilishini aytib, ushbu ishlarga S.Abrorovani yollab, uni O‘zbekiston Respublikasi hududidan samolyot orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazib, keyinchalik Qirg‘iziston Respublikasi orqali Qozog‘iston Respublikasiga tashib, dastlab Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi “Janibek” ismli shaxsga fuqarolik pasportlari bilan birga topshirib, keyinchalik u bilan kelishuv ishlari o‘xshamaganligi sababli uni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi G.Nafisovadan bo‘lgan 700 AQSh dollar qarzlari evaziga uning xizmatini qilib yurishi uchun topshirib, G.Nafisova va boshqa Qozog‘iston Respublikasi fuqarolaridan turli miqdordagi pullarni olib, undan foydalanib, uni majburiy mehnatga jalb qilib odam savdosi jinoyatini qasdan sodir etgan.

Sud muhokamasi o‘tkazilishida Ji­noyat­ prosessual kodeksining 22-moddasiga muvofiq ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘l­gan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirib chiqildi. Unga ko‘ra sud majlisida, J.Umurov S.Abrorovani Qozog‘iston Respublikasida yaxshi daromad keltiradigan ish borligiga ishontirib, unga har oyda 200 AQSh dollar miqdorida oylik ish haqqi qilib berish evaziga besh nafar fuqarolarga oshpazlik qilishini aytib, ushbu ishlarga S.Abrorovani yollab, uni O‘zbekiston Respublikasi hududidan Qozog‘iston Respublikasiga tashib, dastlab Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi “Janibek” ismli shaxsga fuqarolik pasportlari bilan birga topshirib, keyinchalik u bilan kelishuv ishlari o‘xshamaganligi sababli uni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi G.Nafisovadan bo‘lgan 700 AQSh dollar qarzlari evaziga uning xizmatini qilib yurishi uchun topshirib, G.Nafisova va boshqa Qozog‘iston Respublikasi fuqarolaridan turli miqdordagi pullarni olib, undan foydalanib, uni majburiy mehnatga jalb qilganligi aniqlandi.

Sud, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni ko‘rsatuvlari, taraflarning muzokara so‘zlarini tinglab, jinoyat ishida to‘plangan dalillarni sud majlisida sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirib, sudlanuvchining muzokara va oxirgi so‘zlarini eshitib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Avazbek Inamov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!