Namanganda bir oila tarvuzdan zaharlandi. Er-xotin vafot etdi

Namanganda bir oila tarvuzdan zaharlandi. Er-xotin vafot etdi

Namangan viloyati Norin tumanida bir oila tarvuzdan zaharlandi, ularning ikki nafari vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Darakchi.uz`ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 11 avgust soat 09:30 larda Norin tumani, “Katta yaydoq” MFY, G‘.G‘ulom ko‘chasi 115-uyda yashovchi fuqarolar J.X., uning turmush o‘rtog‘i M.E. va farzandlari G.X., R.X. hamda nabiralari S.R., U.R. o‘z yashash xonadonida ovqat va 2022 yil 7 avgust kuni tuman dehqon bozori old qismidan sotib olgan hamda ikki kun muzlatkichda saqlab, 2022 yil 9 avgustda iste’mol qilgan tarvuz mahsulotidan zaharlangan. Oqibatda J.X. va uning turmush o‘rtog‘i M.E. yashash xonadonida vafot etgan.

Fuqaro G.X., R.X. va ularning farzandlari tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Norin tumanlararo STEBning 11.08.2022 yildagi 71 va 72-sonli dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum J.X va M.Elarning o‘limiga – noma’lum ovqat mahsulotidan zaxarlanishi, ichki a’zolar shok holati, qonni suyuq holda bo‘lishi, surunkali yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miya o‘pka shishi, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Fuqaro J.X. va M.E.ning vafot etgani, fuqaro G.X. va uning farzandlari hamda singlisi R.X. zaharlangani sababiga aniqlik kiritish maxsus bilim talab qilishini inobatga olib, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!