Namanganda ayol o‘g‘il farzand dunyoga keltirdi, ammo o‘zi ham, farzandi ham vafot etdi

Namanganda ayol o‘g‘il farzand dunyoga keltirdi, ammo o‘zi ham, farzandi ham vafot etdi

2021 yil 23 mart kuni soat 12⁰⁰da Davlatobod tumani 5a-kichik nohiya, 13-uy, 45-xonadonda yashagan 26.12.1983 yilda tug‘ilgan Mamadaliyeva Azizaxon Mamatraximovna ushbu kuni og‘ir ahvolda Namangan viloyat perinatal markaziga olib kelinib, kesercha kesish jarrohlik amaliyoti bilan o‘g‘il farzandi tug‘ib, sog‘lig‘i yomonlashib, viloyat perenatal markazida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tergovchisi A.A.Adxamov tomonidan 23.03.2021 yildan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshirish davomida, 2020 yil 23 mart kuni holat bo‘yicha Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi viloyat filialiga sud-tibbiy va sud-komission ekspertizasi tayinlangan.

Respublika sud-tibbiy ekspertizasi va ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyat filialining 09.04.2021 yildagi 103-sonli sud-tibbiy va 23.04.2021 yildagi 50/53-sonli komission ekspertiza xulosalarida, A.Mamadaliyevaning o‘limi - 5-xomiladorlik 39-40 xaftasi, kesercha kesish amaliyoti orqali tug‘ruq, yo‘ldoshni barvaqt noto‘liq ko‘chishi og‘ir darajali eklampsiya, glomerulonefrit, meometriya va boldir vena qon tomirlari varikoz kengayishi, ichki a’zolar poliseroziti va bularning asorati: o‘pka arteriyalari trombozi, o‘tkir karaxtlik, nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan yuz bergani, tekshiruv jarayonida uning badanida o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tan jarohatlari topilmagani, bundan tashqari, shifokorlar tomonidan unga o‘z vaqtida malakali va operativ tibbiy yordam hamda to‘laqonli reanimasion muolajalar ko‘rsatilib, ularning harakatlarida A.Mamadaliyevaning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, 2020 yil 25 mart kuni esa A.Mamadaliyevaning o‘g‘il jinsli chaqalog‘i ham Namangan viloyat perinatal markazida vafot etgan.

2020 yil 25 mart kuni esa A.Mamadaliyevaning o‘g‘il jinsli chaqalog‘i ham viloyat perinatal markazida vafot etganligi holati 2020 yil 2-aprel kuni holat bo‘yicha Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyat filialiga sud-komission ekspertizasi tayinlangan.

RSHTYOIMNFning 25.03.2021 yildagi  118/P-sonli patalogo-anatomik hamda Respublika sud-tibbiy ekspertizasi va ilmiy-amaliy markazi viloyat filialining 23.04.2021 yildagi 51/54-sonli komission ekspertiza xulosalarida, A.Mamadaliyeva chaqalog‘ining o‘limi – chaqaloqlar asfiksiyasi, ichki organlar seroz va shilliq qavatlarida nuqtasimon qon quyilishlar, poliorgan va o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan yuz bergani, o‘lim vaqti qaror tafsilotidagi vaqtga to‘g‘ri kelishi, shuningdek, tekshiruv jarayonida uning badanida tan jarohatlari topilmagani va shifokorlar tomonidan unga o‘z vaqtida malakali va operativ tibbiy yordam hamda to‘laqonli reanimasion muolajalar ko‘rsatilib, ularning harakatlarida A.Mamadaliyeva o‘g‘il jinsli farzandining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Namangan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga A.Mamadaliyeva va uning o‘g‘il jinsli farzandini vafot etganligi holati yuzasidan shifokor va patronaj-xamshiralarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 01.04.2021 yildagi xizmat tekshiruvi xulosalarida, viloyat perinatal markazi va Davlatobod TTBga qarashli 9-son oilaviy poliklinika shifokorlari va patronaj-xamshiralari tomonidan A.Mamadaliyeva va uning o‘g‘il jinsli farzandiga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatib kelinib, noto‘g‘ri tashhis qo‘yish, dori-darmon berish va davolash holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi ko‘rsatilgan.

29.03.2021 yilda fuqaro Z.A.Isomiddinov o‘zining arizasiga ilova qilib taqdim qilgan diskdagi video yozuvlar orqali shifokorlarning noqonuniy xatti-harakatlariga baho berishni so‘rab, murojaat qilgan.

Fuqaro Z.A.Isomiddinovning arizasida keltirgan holatlar yuzasidan tekshiruv olib borilib, ishda to‘plangan ob’ektiv dalillarga asosan uning vajlari o‘z tasdig‘ini topmaganligi, marhuma A.Mamadaliyeva va uning o‘g‘il jinsli farzandining vafot etganligi holatlarida viloyat perinatal markazi va Davlatobod TTBga qarashli 9-son oilaviy poliklinika shifokorlari, patronaj-xamshiralari va boshqa biror-birining harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 23.04.2021 yilda shahar prokuraturasi tergovchisi A.A.Adxamov tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etilgan.

Mazkur qaror va to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilganida, bir qator qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borilishi lozimligi sababli, 30.10.2020 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlari o‘tkazishlik uchun shahar prokuraturasiga yuborilib, tergov qadar tekshirish harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!