Namanganda ayol erini qo‘rqitib qo‘yish uchun bosqinchilarni yolladi

Namanganda ayol erini qo‘rqitib qo‘yish uchun bosqinchilarni yolladi

Namangan viloyati. 2021 yilning 26 aprel kuni soat 0100 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Baxt mahallasida yashovchi 58 yoshli A.Olimjonning yashash hovlisiga noma’lum shaxslar yuzlariga qora rangli niqob kiygan holda kirib, A.Olimjonning uxlab yotganligidan foydalanib, unga tayoq bilan hujum qilib, uni urayotgan vaqtlarida, ularga A.Olimjon faol qarshilik ko‘rsatgan hamda unga tegishli “Honor note-7” rusumli telefon apparatini olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu jinoyatni A.Olimjonning turmush o‘rtog‘i 53 yoshli A.Muqaddasning buyurtmasiga asosan jiyani 22 yoshli M.Nodirbek tanishi 21 yoshli B.Shahzodbek bilan sodir qilganligi, A.Muqaddas turmush o‘rtog‘i ayollar bilan ishqiy munosabatga kirishib unga xiyonat qilayotganligi sababli qo‘rqitib qo‘yish maqsadida buyurtma berganligi aniqlanib, M.Nodirbekdan “Honor note-7” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!