Namanganda 5 kishilik jinoiy guruh qo‘lga olindi

Namanganda 5 kishilik jinoiy guruh qo‘lga olindi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Norin tumanida yashovchi M.M. aloqa xati bilan murojaat qiladi. Unga ko‘ra, shu yilning 27 sentyabr kunidan 8 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida tumanda joylashgan “Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari” AJ Haqqulobod shaxobchasi omborxonasiga noma’lum shaxs devor oshish yo‘li bilan kirib, u yerdan umumiy narxi 16361280 so‘mlik 3744 kg. “Elita Alekseevich” navli urug‘lik bug‘doyini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qiladi.

Osoyishtalik posbonlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surushtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Norin tumanida yashovchi besh nafar fuqarolar sodir etganligi aniqlangan.

Qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan bu yigitlar endi qonun oldida javob beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!