Namanganda 38 yoshli erkak otasi tengi odamni bir musht bilan o‘ldirdi

Namanganda 38 yoshli erkak otasi tengi odamni bir musht bilan o‘ldirdi

Namangan viloyati. 2021 yilning 6 may kuni soat 22:00 larda Pop tumani Hazratibob shoh ko‘chasi hududida 38 yoshli D.Umidjon 52 yoshli G.Toxirjon bilan mast holatda o‘zaro janjallashib qolishlari oqibatida uni yuz qismiga bir marotaba mushti bilan urganida, G.Toxirjon bo‘y baravari yiqilishi natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.Umidjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davomida marhum G.Toxirjon D.Umidjonni yoshligida sodir qilgan o‘g‘riligini eslatib mazax qilib, uni yuz qismiga bir shapaloq urganligi natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!