Namanganda 15 yoshli o‘quvchi qiz jinoyatga qo‘l urdi

Namanganda  15 yoshli o‘quvchi qiz jinoyatga qo‘l urdi

2021 yil 1 dekabr kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 30 noyabr kuni yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs hovlisiga devor oshib kirib, mehmonxonasida bo‘lgan umumiy narxi 12.000.000 so‘mlik bir dona bilaguzuk, ikki dona tilla uzuk, bir juft baldoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili va profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Davlatobod tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 y.t. qiz sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 1 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!