Namangan shahrida ta’lim muassasasi ta’sischisining pulini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Namangan shahrida ta’lim muassasasi ta’sischisining pulini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Namangan shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi ishchisi B.X. “A.B.” nodavlat ta’lim muassasasi binosini tabiiy gaz tarmog‘iga ulash hujjatlarini hal qilib berish evaziga muassasa ta’sischisi M.A.ning 4,9 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 200 AQSh dollari va 800 ming so‘mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!