Nahotki! Shomurodovga APL klubi ham qiziqish bildirmoqda

Nahotki! Shomurodovga APL klubi ham qiziqish bildirmoqda

"Roma"dan ketish ehtimoli tobora oshib borayotgan Eldor Shomurodov uchun da’vogar yana bir klub paydo bo‘ldi. Angliyaning "Vulverxempton" klubi ham o‘zbekistonlik futbolchiga "og‘iz sola boshladi".

"Roma" Shomurodovni ijaraga berishga tayyor. Faqat bitta shart bilan: futbolchi bilan shartnoma imzolaydigan klub kelasi yili Eldorning to‘liq sotib olishi shart. "Bolonya" va boshqa jamoalar ushbu shartni qabul qilishga biroz cho‘chib turishibdi. Ular hujumchi qayd etadigan natijadan kelib chiqib uni kelgusi mavsumda sotib olishni rejalashtirishmoqda.

"Vulverxempton" rimliklarning bu shartiga qanday munosabat bildiradi — hozircha aniq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!