Nahotki! Inson yaqin 20 yilda hayvonlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin

Nahotki! Inson yaqin 20 yilda hayvonlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin

Yaponiyada insonning hayvonlar bilan tillashishiga yordam beradigan elektron qurilma ustida ish olib borilmoqda. Aholi yaqin 20 yil ichida o‘zining it va mushuklari bilan bemalol muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

Ilgari Yaponiyada bu borada 2040 yilgacha ilmiy taxminlar e’lon qilingan “Oq kitob” nashr etilgandi. Unda odamlar ushbu muddatda uy hayvonlari bilan so‘zlashishni o‘rganishi aytilgandi. Bunday texnologiyalar nafaqat hayvonlar bilan aloqani ta’minlashi, balki turli sabablar bilan so‘zlashish imkoniyatini yo‘qotgan yoki tug‘ma soqovlar bilan gaplashishni tiklash uchun ham asqotadi.

Misol uchun, miyasi falajlangan mijozlar boshiga elektrod o‘rnatiladi. U miya faoliyatini jonlantirib, fikrni ekranda aks ettiradi.

Yaponlar agar bunday elektron qurilma bilan xizmat itlari “jihozlansa”, ular tabiiy ofatlarda odamlarni qutqarish, portlovchi va giyohvand moddalarni topishda qo‘l kelishini aytishmoqda.

T.MUROD tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!