Muxtor Ablyazov: "Putin Sovet Ittifoqini qayta tiklashga intilmoqda"

Muxtor Ablyazov: "Putin Sovet Ittifoqini qayta tiklashga intilmoqda"

Qozog‘istonning sobiq energetika, sanoat va savdo vaziri, hozirda o‘zini qozoq muxolifatining yetakchisi deb e’lon qilgan Muxtor Ablyazov "Reuters" agentligiga, G‘arb aralashib, Qozog‘istonni Moskvaning ta’sir orbitasidan olib chiqishi kerakligini, aks holda Vladimir Putin Markaziy Osiyoni Sovet Ittifoqiga o‘xshash tuzilmaga tortib ketishini aytdi.

"Qozog‘iston demokratik tanlovi" muxolifat harakati rahbari Muxtor Ablyazov quyidagilarni ta’kidladi:

— G‘arb Qozog‘istonga yordam berishi kerak, Xitoy Qozog‘iston hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi;

— Putin yangi Sovet Ittifoqini yaratishga intilmoqda;

— G‘arb namoyishlarni moliyalashtirgani yo‘q;

— G‘arb Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi turishi kerak;

Rossiya allaqachon kirib bo‘ldi, qo‘shin kiritdi. KXSHT — bu Rossiya. Bu holat Rossiya bosqini.

Ablyazovga qochqin maqomi berilgan bo‘lib, u hozir Fransiyada yashaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!