Muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyati yanada oshiriladi

A A A
Muvofiqlikni baholash organlarining  mas’uliyati yanada oshiriladi

Qonun (O‘RQ–1088-son, 17.10.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰 Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo‘ladi.

📝 Standartlarning majburiy talablariga mos bo‘lmagan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslar belgilangan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.

✅ Texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchilar ham belgilangan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinishi belgilandi.

🔗 Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan muvofiqlikni baholash organi va uning mansabdor shaxslari qonunga hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори эса 504 минг сўмни ташкил этмоқда

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

Kanadalik olim Trampga Oy kimga tegishli ekanligini eslatib qo‘ydi

Олим ҳатто Американинг ўтмишдаги Ойг