Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini ham muddatidan avval yakunladi

Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini ham muddatidan avval yakunladi

Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) bugun, 26 iyun tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Matchroom tomonidan o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschiga amerikalik Ronni Rios (33-3-0, 16 KO) raqiblik qildi.

12 raund etib belgilangan jangning so‘nggi raundida Ahmadaliyev raqibini kuchli zarbalar orqali texnik nokautga uchratdi va o‘zining navbatdagi uchinchi himoya jangida ham g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!