Muhim! Abituriyent ijodiy imtihonlarni OTMda topshirmaydi

Muhim! Abituriyent ijodiy imtihonlarni OTMda topshirmaydi

Ijodiy va kasbiy imtihonlar bor yo‘nalishlarda sinov qanday bo‘ladi? Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon MAJIDOV bu masalaga oydinlik kiritdi.

Unga ko‘ra:

1) OTMga hamma abituriyent kelib yig‘ilmaydi;

2) OTMlar hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi;

3) Abituriyentlar o‘z hududida ijodiy imtihon topshiradi;

4) Imtihonlar 1 soat bo‘ladi;

5) Abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi. Shu bir kelganda barcha imtihonini topshirib ketadi.

Ijodiy imtihonlar videoga olinadi va yozuvlar saqlab qo‘yiladi

OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar soni ta’lim yo‘nalishining xususiyatidan kelib chiqib, qisqartiriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar to‘liq video kuzatuvlar asosida o‘tkaziladi, video yozuvlar saqlab qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!