Muborak tumanida 1,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Muborak tumanida 1,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, "N." MCHJ rahbari U.R. va boshqalar tuman hududida velosiped va piyodalar yo‘lakchalarini qurish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritishi yo‘li bilan bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozib, 1,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!