“MsDonald's” Rossiyaga boshqa nom bilan qaytmoqchi

“MsDonald's” Rossiyaga boshqa nom bilan qaytmoqchi

“MsDonald's” tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i Rossiyada yangi brend ostida ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu haqda oziq-ovqat bozoridagi vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayanib, “Izvestiya” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kompaniya qaytish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilmagan, biroq u tez orada qabul qilinishi kerak: hozirda mamlakatda tarmoqning 800 dan ortiq restorani ishlamay qolmoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, kompaniya allaqachon Rossiya Federasiyasiga investisiya qilingan va restoranlar tarmog‘ini rivojlantirishga ketgan mablag‘larni tejash niyatida. Boshqa nom ostida qayta ochish – eng optimal variantlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 mart kuni kompaniya Rossiyadagi 800 dan ortiq restoran yopilganini e’lon qilgan edi. Qaror “uzluksiz ishlashni kafolatlash, asosiy assortimentni, yuqori sifat standartlarini saqlash” qobiliyatiga to‘sqinlik qiladigan “operasion, texnik va logistika murakkabligi” bilan izohlangan. Shu bilan birga, yopiq muassasalarning 62 ming nafar xodimining ish haqi saqlab qolingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!