Mourinyo "Roma" rahbariyati bilan kelisha olmayapti

Mourinyo "Roma" rahbariyati bilan kelisha olmayapti

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rim klubi rahbariyati bilan janjallashdi, deb xabar beradi AS.

Manbaning xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Alessandro Florensining qolishini talab qilgan, ammo klub uni sotmoqchi. Biroq, Mourinyo shu paytgacha futbolchining mavsumoldi yig‘iniga kelishini ta’minlay oldi. Rahbariyat Florensini sotmoqchi bo‘lganiga uning maoshi sabab, futbolchi yiliga to‘rt million yevro maosh oladi.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli Florensi ijara asosida "PSJ"da o‘ynadi. U klubda 36 o‘yin o‘tkazdi, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Roma" bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!