Moskvada o‘zbekistonlik erkak 7 yoshli o‘gay o‘g‘lini barmoqlari kesib tashlanadigan darajada qiynoqqa solgan bo‘lishi mumkin

Moskvada o‘zbekistonlik erkak 7 yoshli o‘gay o‘g‘lini barmoqlari kesib tashlanadigan darajada qiynoqqa solgan bo‘lishi mumkin

Moskvada o‘gay otasi tomonidan tahqirlab kelingan 7 yoshli bolaning barmoqlari kesib tashlandi. Bu haqda "Novosti Moskvi" nashriga tayanib Darakchi xabar bermoqda.

Bola 13 yanvar kuni Balaklavskiy ko‘chasida joylashgan kvartiradan shifoxonaga olib kelingan. Uning barmoqlari muzlab qolgan edi. Bolaning ota-onasiga ko‘ra, u qo‘lqoplarsiz qorbola yasagan. Moskvada shu kunlarda qattiq sovuq kuzatilgandi. Moskva bo‘yicha Tergov bosh boshqarmasi holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Ekspertiza o‘gay ota bolani muntazam tahqirlab, kaltaklab kelganini va bu o‘z navbatida jiddiy jarohatlarni yuzaga keltirganini ko‘rsatgan. Bolaning onasi va o‘gay otasi — O‘zbekiston fuqarolari. Ularning ikkisi ham Moskvada ijrada yashaydi, ayol kommunal xizmatda hovli tozalovchi bo‘lib ishlasa, erkak — chilangarlik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!