Moskvada O‘zbekiston hamkorligida “Puteshestvuy!” turizm forumi tashkil etildi

Moskvada O‘zbekiston hamkorligida “Puteshestvuy!” turizm forumi tashkil etildi

4–7 avgust kunlari Moskvada VDNX sanoat maydonida “Puteshestvuy!” Xalqaro turizm forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum O‘zbekiston hamkorligida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston delegasiyasi ikkita stendni taqdim etadi: biri mamlakatning biznes imkoniyatlariga, ikkinchisi turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan.

55-pavilonda joylashgan biznes-stendda tashrif buyuruvchilar viloyatning eng yaxshi sayyohlik joylari, jumladan, Silk Road Samarkand” – keng ko‘lamli loyiha, Yangi Samarqand ramzi bo‘lgan yangi Samarqand sayyohlik majmuasi bilan tanishishlari mumkin. Uning 260 gektardan ortiq maydonida 8 ta mehmonxona, kongress-markaz, shuningdek, “Abadiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘i bo‘ladi. Sayyohlik majmuasining ochilishi 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

O‘z navbatida, 55-pavilyonga tutash hududda O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stend joylashtiriladi. Bu yerda forum mehmonlari hunarmandlar ijodi bilan tanishadi, milliy taomlar, o‘zbek vinosidan tatib ko‘radi, shuningdek, hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarida qatnashadi. Tadbirda zamonaviy turizm industriyasining barcha xilma-xilligi: tarixiy, etnografik, ekstremal, sport, gastronomik, ziyorat sayohatlari va O‘zbekistonga sayohatning boshqa ko‘plab turlari taqdim etiladi.

Forum doirasida O‘zbekiston delegasiyasi Rossiya Federasiyasi davlat tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi, ikki mamlakat turizm industriyasi sub’ektlari bilan B2B formatda uchrashuvlar tashkil etadi, yalpi muhokama va konferensiyalarda qatnashadi.

Tadbir Fond Roskongress tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi hamkorligida tashkil qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!