Moskvada sumalak kechasi bo‘lib o‘tdi

Moskvada sumalak kechasi bo‘lib o‘tdi

Sumalak kechasi - o‘zbek milliy taomlari, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini targ‘ib-tashviq etish maqsadida o‘tkazilgan.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Sumalak kechasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA.
Moskvdagi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining turmush o‘rtoqlari ishtiroki etgan qabul marosimida o‘zbek milliy taomi — sumalak tayyorlash jarayoni namoyish etildi, - deyilgan xabarda.
O‘zbek milliy taomlari, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini targ‘ib-tashviq etish maqsadida o‘tkazilgan Sumalak kechasida Moskva Xalqaro ayollar klubi a’zolari, jumladan, Belarus, Belgiya, Braziliya, Bruney, Daniya, Italiya, Lyuksemburg, Rossiya, Slovakiya, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya vakillari, shuningdek, Yevropa Kengashining Dasturlar vakolatxonasi vakillari ishtirok etgan.
Kechada mehmonlar madaniy guruhlar tomonidan tayyorlangan o‘zbek xalq milliy raqslari, musiqa va qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturi namoyishidan bahramand bo‘lgan.
Shuningdek, mehmonlar sumalakni tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘zbekistonlik oshpaz palov tayyorlash sirlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berdi. Undan tashqari kechada milliy liboslar, matollar hamda o‘zbek ipagi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham namoyish etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!