Moskvada "Qirg‘iziston" kinoteatri o‘rnida “Qirg‘iziston bilan uchrashish joyi” ochildi

Moskvada "Qirg‘iziston" kinoteatri o‘rnida “Qirg‘iziston bilan uchrashish joyi” ochildi

Moskvada sobiq Ittifoq davrida qurilgan "Kirgiziya" kinoteatri o‘rnida “Qirg‘iziston bilan uchrashish joyi” ko‘p funksiyali jamoat markazi ochildi.

Besh qavatli binoning maydoni 27 000 m². Unda Qirg‘iziston madaniyatini o‘zida mujassam etgan barelyef haykallari va bezaklarining barchasi saqlanib qolgan va qayta tiklangan.

Markaz ochilishida Qirg‘iziston elchisi Gulnora-Klara Samat ishtirok etdi. U yerda qirg‘iz taomlari kafesi va Qirg‘iziston mahsulotlari sotiladigan do‘konlar joylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!