Moskvada migrant 5 va 6 yashar qizaloqlarga tajovuz qildi

Moskvada migrant 5 va 6 yashar qizaloqlarga tajovuz qildi

Moskva viloyatining Podolsk shahrida besh va olti yoshli qizlarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun qo‘shni davlatlardan birining fuqarosi ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanib, hibsga olingan (Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi).

Migrant 27 may kuni o‘yin maydonchasida qizlarni ko‘rgan, so‘ng ularni chetroqqa chaqirib, jinsiy zo‘ravonlik qilgan.

Qizlar uylariga qaytishgach, ota-onalariga bo‘lgan voqealarni aytib berishgan.

Ayni damda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!