Moskvada AQShlik sportchi ayol 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Moskvada AQShlik sportchi ayol 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Moskvadagi Ximki sudi amerikalik basketbolchi Britni Graynerni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Bi-bi-si xabar bermoqda. Britni giyohvand moddalar kontrabandasida aybdor deb topildi.

Grayner fevral oyida Sheremetyevo aeroportida hibsga olingandi. Uning sumkasidan taqiqlangan modda topilgan. Aniqrog‘i, ushbu modda Rossiyada taqiqlangan, ammo AQShning ba’zi shtatlarida qonuniydir.

Greyner Yekaterinburgning UGMK ayollar basketbol klubida o‘ynagan. AQSh terma jamoasi tarkibida u ikki marta Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqdi. May oyida Qo‘shma Shtatlar Greynerni "nohaq hibsga olingan" deb topdi va uning ishini AQSh prezidentining garovga olinganlar bo‘yicha maxsus vakiliga topshirdi.

Rossiya va AQSh Greyner va Rossiyada sudlangan yana bir amerikalik Pol Uilanni AQShda qamoqqa olingan rossiyaliklarga almashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Vashington kolumbiyalik isyonchilarga qurol sotishga uringani uchun 25 yilga qamalgan rossiyalik Viktor Butni almashishni taklif qilmoqda.

Bloomberg'ning xabar berishicha, Moskva faqat Greynerni Butga yoki ikki kishini ikki kishiga almashtirishni talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!