Moskva viloyatida o‘tkazilgan operasiyada 50 nafardan ortiq jinoyatchilar qo‘lga olindi

Moskva viloyatida o‘tkazilgan operasiyada 50 nafardan ortiq jinoyatchilar qo‘lga olindi

Moskva viloyatining Mitishi shahrida jinoyat boshliqlarining yig‘ilishiga polisiya aralashdi.

Mahalliy OAV tarqatgan xabarga qaraganda, SOBR va OMON xodimlari qurol va narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan 50 dan ortiq kishini qo‘lga olgan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlarning 48 nafari Ozarbayjonlik, 4 nafari Armaniston, Tojikiston va Dog‘istondan.

Qo‘lga olinganlarning jinoiy faoliyatga aloqadorligini tekshirish uchun ulardan barmoq izlari olindi.

Bundan tashqari, qo‘lga olinganlardan "Sayga" karabini, 5 ta travmatik to‘pponcha va pichoq topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!