Moskva viloyatida patent uchun to‘lov 16 foizga oshadi

Moskva viloyatida patent uchun to‘lov 16 foizga oshadi

Moskva viloyatida ishlayotgan mehnat migrantlari uchun patent narxi 2022 yil 1 yanvardan boshlab 16 foizga oshib, 5,9 ming rublni tashkil etadi, Moskva viloyat dumasi deputatlari bu haqda tegishli qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

2021 yilda patent narxi 5,09 ming rublni tashkil qiladi.
"Qonun loyihasi 2022 yil uchun hududiy koyeffisiyentni 2,483165 miqdorida aniqlashni taklif qilmoqda. Chet el fuqarolari uchun patent narxi 5,9 ming rublni tashkil qiladi", dedi viloyat iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Sofya Donskaya Moskva viloyat dumasi yig‘ilishida.
2021 yilning birinchi yarmida mehnat migrantlari bo‘lgan sanoat tarmoqlari – qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligida rasmiy ish haqi 2020 yilga nisbatan 9,5 foizga oshdi. Shu munosabat bilan patent qiymatini mutanosib ravishda indeksasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Xarajatlarning oshishi migrantlarga soliq yukini tenglashtirish va Rossiya mehnat bozoridagi ish o‘rinlarini himoya qilishga yordam beradi. Qo‘shimcha byudjet daromadlari 1,7 milliard rublni tashkil qiladi.
2015 yilda Rossiya Federasiyasiga vizasiz rejimda kiruvchi Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston kabi davlatlar fuqarolari uchun Rossiyada ishlash uchun patentlar joriy qilindi. Joriy yilning 10 oyi davomida Moskvada 528 ming patent berildi, shahar byudjetiga shaxsiy daromad solig‘i ko‘rinishidagi daromad 16,2 milliard rublni tashkil etdi. O‘z navbatida, 2015 yildan beri berilgan mehnat patentlari soni 3 milliondan oshdi, byudjetga 107 milliard rubldan ortiq soliq o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!