Moskva tez tibbiy yordam mashinalari Yevropada eng tezkor deb topildi

Moskva tez tibbiy yordam mashinalari Yevropada eng tezkor deb topildi

Moskvadagi tez yordam mashinasi voqea joyiga Parijga nisbatan tezroq etib keladi. Bu haqda Moskva Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Xripun ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy guruhi sakkiz daqiqa ichida voqea joyiga yetib keladi. Bemorni uydan evakuatsiya qilish va shifoxonaga olib borish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt talab etiladi. Parijdagi tez yordam esa bu ishni 1,5 soat davomida amalga oshiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Moskvada tez tibbiy yordam vositalari faol jihozlangan. 2020 yilga kelib shifokorlarga yordam berish uchun mingdan ziyod defibrilator, elektrokardiograflar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tibbiy ventilyatorlar va reanimatsiya uchun mobil tizimlar beriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, har kuni 1020 brigada shahar bo‘ylab faoliyat olib boradi va har qanday vaqtda yordam berishga tayyor. Yagona shahar dispetcherligi markazi millionlab qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi. O‘rtacha javob vaqti - besh soniya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!