Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot noqulay ob-havo tufayli Namanganga yo‘naltirildi

Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot noqulay ob-havo tufayli Namanganga yo‘naltirildi

Moskva-Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot noqulay ob-havo tufayli Namanganga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” kanalida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 20 noyabr kuni Moskvadan havoga ko‘tarilgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmagan va Namangan aeroportiga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways”ning HY-081 reysining Toshkent Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqti ham tuman tufayli kechiktirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!