“Montaj” filmi rejissyori Hindistonda mukofot bilan taqdirlandi

“Montaj” filmi rejissyori Hindistonda mukofot bilan taqdirlandi

Dilshodbek Usmonovning “Montaj” qisqa metrajli filmi “Mumbai Entertainment International Film festival India” festivalida “Eng yaxshi erkak rejissyor” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, mazkur film “Debyut” festivalining II darajali “Gran Pri” mukofotiga sazovor bo‘lgan. U Gonkongda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tgan “Vienna International Film Awards” kinofestivali, “Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali, Marokashda o‘tkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali, Qozog‘istondagi “Bastau” butun dunyo talabalar hamda debyutantlar kinofestivalida ishtirok etgan va turli yo‘nalishlarda taqdirlangan.

Bundan tashqari kinokartina Braziliyada o‘tkazilgan “Campinas film festival 2022”ning “Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film” mukofoti sohibi bo‘lgan.

Film ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissyor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar To‘ychi Ahmedov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!