Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan ish ochdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan ish ochdi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 178 ta laboratoriya bitta korxonaga — Intermed Innovation’ga berilgani yuzasidan so‘ralgan ma’lumotlarni vaqtida taqdim etmagani uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev 16 may kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqda sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatdagi 178 ta davlat shifoxonalarining laboratoriyalari xorijda ochilgan Intermed Innovation qo‘shma korxonasiga biriktirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Farrux Qoraboyevga ko‘ra, tuzilgan shartnoma yuzasidan bir qancha mahalliy tadbirkorlar tomonidan shikoyat kelib tushgan. Qo‘mita Sog‘liqni saqlash vazirligidan laboratoriyalarni biriktirish bo‘yicha ma’lumot so‘ragan, biroq vazirlik ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan.

«Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan Raqobat to‘g‘risidagi qonunning 23-moddasiga asosan ish qo‘zg‘atildi. Shu hafta bu bo‘yicha chora ko‘riladi. Agar ma’lumotlar berilmasa, tegishli tartibda choralar ko‘riladi», — deydi u.

Ta’kidlanishcha, aynan bu masala davlat sherikchiligi va davlat-xususiy sherikchiligi konsessiya shartlari asosida tuzilgan shartnomalar, bu borada ma’lumotlar olingandan keyin xulosa chiqariladi.

«Biz qonun buzilish holatini o‘rganishimiz uchun hujjatlar kerak, lekin shu kungacha ular taqdim etilmadi. Agar qonun buzilish holatlari aniqlansa, Raqobat to‘g‘risidagi qonunga asosan choralar ko‘ramiz», — deya qo‘shimcha qildi Qoraboyev.

«Monopoliyaga qarshi o‘rganish vaqt talab qiladigan masala. Chunki ma’muriy jarayonlar bor, biz bundan chiqa olmaymiz. Masalan, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati davlat siyosatiga chiqqan bo‘lib, me’yoridan ortiqcha aralashishimizga qonun jihatidan yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli muayyan byurokratik shartlarga rioya qilishimiz kerak. Bu vaqt talab qiladi. Ikki oy davomida qo‘mita hech narsa qilmadi degani emas, biz shug‘ullanyapmiz bu bo‘yicha. Lekin ma’lum bir qiyinchiliklar tug‘ilyapti, albatta, bu har qanday tekshiruvda bo‘ladi», — deydi Antimonopoliya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!