Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni so‘rayapti

Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni so‘rayapti

Moldova to‘planib qolgan qarzini to‘liq uzmaguncha Rossiya gaz yetkazib bermaydi. Bu haqida "Gazprom" vakili Sergey Kupriyanov RIA Novostiga xabar qildi.
“Bugungi kunda Rossiya gazini Moldovaga yetkazib berishda ancha murakkab vaziyat yuzaga keldi. Vaziyat shunday bo‘lishida ayb to‘liq Moldova hukumati zimmasidadir. Moldova tomonidan to‘lovlar amalga oshirilmay qo‘ygan”, - dedi Kupriyanov.
“Ayni damda Moldovaning qarzi 433 mln. dollarni, kechiktirilayotgan to‘lovlar bilan hisoblaganda jai 709 mln. dollarni tashkil qiladi. Lekin Moldova vakillari to‘planib qolgan ushbu qarzdorlikni tan olishni istamayapti. Shuningdek narx belgilash mexanizmi aniq va ravshan bo‘lishiga qaramasdan, ularga gaz narxi ham ma’qul emas”, - deb qo‘shimcha qildi “Gazprom” vakili.

“Gazprom” Moldova bilan gaz shartnomasini faqat qarzlar to‘liq qoplanganidan so‘ng uzaytirishini ma’lum qilgan.
To‘planib qolgan qarzlarga qaramasdan Moldova tomoni shartnomani oktyabr va noyabr oylariga ham uzaytirishni so‘rab murojaat qilmoqda. “Gazprom” shartnomani oktyabr oyi uchun uzaytirgan. Lekin noyabr uchun shartnoma faqat sentyabr va oktyabr qarzlari to‘liq qoplanganidan so‘ng uzaytiradi. Qarzlar qoplanmagan taqdirda 1 dekabrdan boshlab yangi shartnoma imzolanmaydi, deyilgan xabarda.
Shu bilan birga “Gazprom” bu yerda hech qanday siyosat yo‘qligini va kompaniya o‘ziga zararga ishlay olmasligini alohida ta’kidlab o‘tgan. "Har qancha sabrning ham chegarasi bor", - dedi Kupriyanov.
Kupriyanov aytishiga ko‘ra, “Gazprom” Moldova hukumatining “Moldova-gaz” kompaniyasini likvidasiya qilish niyatini ham tushuna olmayapti. “Moldova-gaz” “Gazprom”ning Moldvadagi hamkori bo‘lib, barcha qarzlar ushbu kompaniya hisob raqamiga yozilgan. “Olingan mahsulot uchun o‘z vaqtida to‘lash kerak”, - deydi “Gazprom” vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!