Miyasi bitta ikki boshli bola dunyoga keldi

Miyasi bitta ikki boshli bola dunyoga keldi

 

 

 

Pokistonning Sujaval tumanida yashovchi ayol ikki boshli bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda Geo News xabar bermoqda.

Sind viloyatining Badin shahridagi xususiy shifoxonada ayol ikki boshli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ona ham, uning bolasi ham sog‘lom, ularning hayotiga hech nima xavf solgani yo‘q.

Ginekolog-shifokor Nursat Babu Xati ultratovush tekshiruvida chaqaloqning miyasi ikki boshga bo‘linganligini aniqlangani haqida so‘zlab bergan.

Hozirda chaqaloqning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Shifokorlar bolaning boshlarini ajratish operasiyasini o‘tkazganlar. Keyin ular qo‘shimcha ravishda chaqaloqni qayta tekshirib ko‘rishlari ta’kidlangan.

Kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish uchun chaqaloq ota-onasi bilan birgalikda shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!