Miya faoliyatining buzilishi - koronavirus alomati

Miya faoliyatining buzilishi - koronavirus alomati

COVID-19 miyadagi kulrang moddalarning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin, dedi ingliz shifokorlari. Ularning fikriga ko‘ra, bu hid va ta’mni yo‘qotishning sababi, shuningdek boshqa nevrologik alomatlar bo‘lishi mumkin. Biroq, bu holat o‘tganidan keyin ham miya to‘qimalari tiklanmaydi.

medRxiv portalida xabar qilinganidek, tadqiqotchilar koronavirusga chalingan 394 bemorni tekshirish natijalarini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu odamlar miyaning bir nechta sohalarida xotira, qaror qabul qilish va hissiyotlarni shakllantirish, shuningdek, birlamchi hid va lazzat tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan zichlik va kulrang moddalarning hajmini sezilarli darajada yo‘qotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!