Misr Isroilga qarshi chora ko‘radi

Misr Isroilga qarshi chora ko‘radi

Qohira Isroilning G‘azo sektoridagi gumanitar sulh to‘g‘risidagi talabini rad etgani uchun, u bilan hamkorlikning bir qator sohalarini muzlatib qo‘yish bilan javob beradi, deb xabar bermoqda Al-Arabiya telekanali.

Oldinroq "Al-Arabiya" manbalariga asoslanib, Isroil Misrning gumanitar sulh to‘g‘risidagi talabini rad etgani, shuningdek Misr delegasiyasi harbiy operasiya boshlanishidan qo‘rqib, Tel-Avivni tark etgani haqida xabar bergan edi.

"Qohira Isroilning G‘azo sektorida gumanitar sulh tuzish to‘g‘risidagi talabini rad etganiga, u bilan hamkorlikning bir qator sohalarini muzlatib qo‘yadi", deb aytgan telekanal.

Manbalarga ko‘ra, Misrdan delegasiya G‘azo sektoriga, so‘ngra Tel-Avivga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida rasmiylar bilan maslahatlashish uchun borgan.

Telekanal manbasining xabar berishicha, Tel-Avivga tashrif buyurgan Misr delegasiyasi Isroilga bir yil muddatga gumanitar sulh o‘rnatishni taklif qilgan, misrlik diplomatlar esa ushbu jarayonni muvofiqlashtirishga va’da berishgan. Misrliklar, shuningdek, Isroil ushbu rejaga rozi bo‘lsa, Falastin tomonlarini sulhga rioya qilishga majbur qilishlari mumkinligini aytdi. Misr tomoni, shuningdek, isroilliklarni ko‘chirma qilish faoliyatini to‘xtatishga va Al-Aqso masjidiga bostirib kirgan radikallarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!