Mirzo Ulug‘bek tumanida qalbaki dollariga “Iphone 13” xarid qilish holati aniqlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida qalbaki dollariga “Iphone 13” xarid qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.K. “OLX” sayti orqali notanish xaridor ayol bilan o‘zining “Iphone 13” rusumli uyali aloqa vositasini 1 200 AQSh dollariga sotishga kelishib, tumandagi “Evos” kafesi oldida uchrashgan paytida, xaridor ayol unga uyali aloqa vositasi uchun 12 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shu bois, o‘zaro hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali o‘zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo‘lasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!