Mirziyoyev To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘istonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

“Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Yaqinda mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘lda yo‘lovchi tashish qayta tiklandi. Kuni kecha O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegasiyalari o‘tkazgan muzokaralarning amaliy natijalari yuqori baholandi. Qo‘shma kooperasiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.

Ma’lumot uchun, To‘qayev bugun 69 yoshni qarshiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!