Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan suhbatlashdi

Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan suhbatlashdi

30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

O‘zbekiston Prezidenti va Elboshi kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, bir-birlariga hamda O‘zbekiston va Qozog‘istonning do‘st xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Global xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiyotida murakkab vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari barqaror rivojlanishda davom etgani, sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiyaga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatildi. Faol ikki tomonlama muloqotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma kooperasiya loyihalari davom etdi, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaydi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti va Elboshining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonchli va do‘stona ruhda o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!