Mirziyoyev: "Namanganda ham kambag‘allik 2 barobarga qisqartiriladi"

Mirziyoyev: "Namanganda ham kambag‘allik 2 barobarga qisqartiriladi"

Namanganning yetakchi tarmoqlarida sanoat klasterlari tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali 400 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, aholi daromadini kamida 2 baravarga oshirish va kambag‘allikni ham 2 baravarga qisqartirish ustuvor vazifa bo‘ladi. - Shavkat Mirziyoyev

Birinchi yo‘nalish - tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 4,6 trillion so‘m kredit ajratish hisobiga 164 ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Uychi tumanini "ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha rejasini sharhlab bermoqda. Bunda har bir mahallada "hokim yordamchisi" lavozimi joriy etiladi.

Uychi tumani hokimining 57 ta (har bir mahallada) yordamchisi bo‘ladi - Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!