Mirziyoyev Aliyevni Ko‘ksaroyda kutib oldi

Mirziyoyev Aliyevni Ko‘ksaroyda kutib oldi

Bugun, 21 iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.

“Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi. Mamlakatlarimiz yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar”, deyiladi O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabarida.

Marosimda O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiy delegasiyalari a’zolari ham ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!