Mirziyoyev: "Agrar universitetning Namangan filiali tashkil etiladi"

Mirziyoyev: "Agrar universitetning Namangan filiali tashkil etiladi"

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi texnikumi negizida Agrar universitetning Namangan filiali tashkil etilishini aytdi.

"...Yangiqo‘rg‘on olmasi, Chust va Kosonsoy noklari, Chortoq bodomi o‘ziga xos milliy brendga aylanib ulgurgan.
Olmoslik dehqonlarni qo‘shni davlatlarda, Rossiyada ham juda yaxshi bilishadi.

Bu tajribani respublikamizning barcha hududida ommalashtirish maqsadida To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi texnikumi negizida Agrar universitetning Namangan filiali tashkil etiladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!