Mirzacho‘l tumanida tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi aniqlandi

Mirzacho‘l tumanida tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi aniqlandi

Mirzacho‘l tumanida tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M-M." MCHJning ish yurituvchisi T.X. ushbu korxonaga avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 260 mln so‘m kredit evaziga qishloq xo‘jaligi texnikalari ehtiyot qismlarini xarid qilib, ehtiyot qismlarni boshqa fuqarolarga sotib yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!