Minskda YEOII bosh vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Minskda YEOII bosh vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Minskda Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga asosan.

Yig‘ilish 20-21 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda YEOII davlatlari va kuzatuvchi-davlatlarning hukumat rahbarlari, jumladan O‘zbekiston bosh vaziri, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi ishtirok etadi.

"Kun tartibida elektron tijorat, bojxona hamkorligi masalalari muhokamasi, oldingi topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot. Tovarlarni identifikasiyalash vositalari bilan markalashni joriy etish, ustuvor va yuqori texnologik sanoat sohalarida kooperasiya va import o‘rnini bosish bo‘yicha komissiyani tashkil etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida qo‘shma harakatlar dasturi ham muhokama qilinadi”, — deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!