Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi. U xotinini o‘ldirishda gumonlanmoqda

Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi. U xotinini o‘ldirishda gumonlanmoqda

Chelyabinskda Rossiya gvardiyasi xodimi rafiqasini o‘ldirishda gumon qilinib, hibsga olingan. Bu haqda URA.RU Chelyabinsk viloyatidagi Rosgvardiya ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

14 iyun kuni pichoqlangan ayolni yotoqxonasidan kasalxonaga olib ketishdi. Jabrlanuvchini qutqarishning iloji bo‘lmadi. Polisiya xodimlari ayolni o‘ldirishda gumon qilib, uning milliy gvardiyada xizmat qilayotgan erini hibsga olishdi.

Erkak izolyatorga joylashtirildi va ishdan bo‘shatildi. Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi ("Qotillik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovchilar sudga gumonlanuvchini hibsga olish to‘g‘risida iltimosnoma yuborishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!