Milliy gvardiya qo‘mondoni Kamondan otish federasiyasiga rahbar etib saylandi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Kamondan otish federasiyasiga rahbar etib saylandi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Kamondan otish federasiyasiga rahbar etib saylandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston Kamondan otish federasiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev, mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.
“Kamondan otish federasiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi”, - deyilgan xabarda.
Jo‘rayev bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, general-mayor Rustam Jo‘rayev 2020 yil martida Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgan edi. U 2020 yilning sentyabrida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federasiyasi rahbari etib tayinlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!