Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shavkat Akbarov 28 iyul kungi Prezident o‘tkazgan videoselektorda berilgan topshiriqlar va bir qator qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahridagi 12-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyuradi. U yerdagi sharoitlarni o‘rganib kichkintoylar bilan suhbat uyushtiradi. Ochiq muloqotdan so‘ng Xasanboy ismli tarbiyalanuvchi Polkovnik SH. Akbarovga "Dada”, sizga alohida gapim bor, deb onasini ko‘rgisi kelib sog‘inganini, lekin uyga qaytishga sharoiti yo‘qligini, opasi bilan bu yerdan ketib, oila davrasiga qaytish istagi borligini bildiradi. Milliy gvardiya rahbari Qo‘qondagi Mehribonlik uyiga tez-tez kelib suhbat uyushtirib turgani sabab bu yerdagi bolalar polkovnikni dada deyishga odatlangan.

Polkovnik SH.Akbarov bolaning murojaati jiddiyligi sabab, onasi yashab turgan xonadonga tashrif buyurib sharoitini o‘rganadi. Uy ahvoli talab darajasida emasligi sabab darhol mas’ullarni to‘plab kerakli choralarni ko‘radi.

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Uyning oldingi holati

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Farzandlar onasi M. Mamatova Farg‘ona shahrida yashaydi. Bir o‘g‘il, bir qiz farzandi bor, ikkalasi ham mehribonlik uyida. Bolalarning dadasi vafot etgan, ona esa ilojsizlikdan zo‘r-bazo‘r kun kechirayotgani, tirikchilik sabab chiqindixonada ishlashga majburligini aytadi.

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

«Men ham boshqa oilalar kabi, uyda bolalarimni o‘ynatib yurishni, ularni tarbiyalashni orzu qilaman. Sharoitimni ko‘rib turibsiz, remont qilishga qurbim, kiyintirishga pulim yetmaydi. Bolamni ham sog‘indim, iloji bo‘lsa o‘zim tarbiyalardim", deb polkovnik va mas’ullarga dardini aytib yig‘laydi.

Qirguli mavzesi Yangi asr ko‘chasi 27-uy boshqaruvchisi Mavluda opa Nasriddinova bilan gaplashganimda bu ayolni halol yashaganini aytadi.

«Boshidan shuncha qiyinchiliklar o‘tdi, domdagilarni aytganini qildi, bolam deb shuncha yugurib yeldi. Eri yo‘q bo‘lsa ham biror marta harom ish qilmadi, Yaratganga talpinib sabr qilib yashadi, mana bugun omadi kelib ishlari yurib ketdi. Bu haqiqiy mard ayol. U kunlari ortda qolgani rost bo‘lsin», – deydi.

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Foto: 27-uy boshqaruvchisi Mavludaxon Nasriddinova

Ushbu o‘rganishdan so‘ng SH. Akbarov Farg‘ona shahar hokimligi ma’sullarini biriktirib, uyini kapital ta’mirlashga tushirib berdi. Ayol dardini yurakdan his qilgan ma’sullar o‘z o‘rnida tegishli choralarni ko‘rdi. Farg‘ona shahar hokimligi xonadonni ta’mirlashga 35.mln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratib, qurilish firmalarini biriktirdi. Ayni damda xonadonda qurilish ishlari ketmoqda.

Ushbu uyda ta’mirlash ishlari ketmoqda

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Ayni damda xonadonga «akfa» oynalar, qora eshiklar qo‘yilib bo‘lgan. Ustalar bilan gaplashganimda bir oy muddatga qoldirmay uyni bitirish rejalarida borligini aytdi. Kapital remont tugaguncha, xonadon vakillari ijarada yashab turishga roziligini bildirishi bilan, ularga xonadon topildi. Ijara pullari esa davlat tomonidan to‘lab berilmoqda. Farzandlar oila bag‘riga qaytarildi.

Foto: Ijaraga topilgan xonadon

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Polkovnik SH.Akbarov mavzuni shunday qoldirmasdan bolani oilaga tashlab qochmadi. Ularning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muammolarini ham hal etilishiga sababchi bo‘ldi. M.Mamatovani Farg‘ona shahar Qirguli mavzesidagi charm to‘p ishlab chiqarish sexiga ishga joylashtirdi. Boshlanishiga 1.mln 500 ming so‘m oylik olishini eshitgan ona darhol ishga kirdi. Faoliyatiga qarab oylik daromadi ko‘tarilishi unga tushuntirildi. 13 yashar o‘g‘li Xasanboy esa Milliy gvardiyadagi ot choptirish sport to‘garagiga qatnamoqda. Qizi Zuhraxon chet tillarini o‘rganish bilan band. Shahar hokimligi tomonidan oilaga ijtimoiy-moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Foto: Ot choptirish to‘garagi

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Bugun davlatning e’tiboridan quvongan ona Prezident Shavkat Mirziyoyevga va mas’ullarga samimiy rahmat aytmoqda.

«Bunchalik yuksak e’tibor ko‘rsatilishi yetti uxlab tushimga ham kirmagandi. Davlatning bu darajada yordam ko‘rsatishidan judayam xursandman, shuncha sharoitni qilib bergan, oilalarga alohida e’tibor qaratib kelajakni o‘ylayotgan Prezidentimizga, qarorlar ijrosini ta’minlayotgan polkovnik SH.Akbarovga va mas’ullarga rahmat deyman. Xayrli ishlaringizni ajri yaratgandan qaytsin» -deydi.
Tez kunlarda maktablarda o‘qish boshlanadi. Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir. Buni yaxshi tushungan polkovnik to‘garakdan qaytayotgan oila bilan uchrashib ularning bu muammosini ham hal etdi. Milliy gvardiya yuristi R.Yo‘ldoshevga maktabga tiklash bo‘yicha topshiriq berib natijasidan xabardor etishini aytdi.
Shu zahotiyoq R. Yo‘ldoshev Farg‘ona shahridagi 16-maktab direktori bilan uchrashib bu muammoni uzil-kesil hal qildi.

Farg‘ona shahridagi 16-sonli maktab

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Foto: 16-maktab direktori Shokirjon Turdiyev

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Bolalar maktabni 8-sinfdan davom ettirib o‘qiydigan bo‘lishdi. Maktab direktori Shokirjon Turdiyev tashabbus ko‘rsatib bolalarga o‘quv qurollari sovg‘a qildi. Shu bilan birga Xasanboyga ertagayoq kostyum-shim, Zuxraxonga maktab «formasi» olib berishni va’da berdi.

Tili biyron, aqli uyg‘oq Hasanboy bugun oila davrasiga qaytganidan judayam xursand.

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

«Onam oldimda, opam oldimda, xohlagancha ko‘chada o‘ynayman, bir joyda zerikib o‘tirish endi yo‘q, har hafta maza qilib ot minyapman. Istagan paytda muzqaymoq yeyman. Parklarda attraksionlarda uchaman. Onamlar esa yegim kelgan ovqatni pishirib beryapti. Hammasi uchun Prezidentimga va polkovnikka rahmat aytaman. Men katta bo‘lsam Milliy gvardiyachilarga o‘xshagan yaxshi inson bo‘laman», - deydi.

Ushbu oila bugun o‘z holiga tashlab qo‘yilgani yo‘q. Milliy Gvardiya Viloyat boshqarmasi hodimlari ular bilan suhbat o‘tkazib yaqindan ko‘maklashmoqda. Istagan payt boshqarma kutubxonasiga kelib kitob o‘qishlari mumkinligi esa e’tirofga loyiqdir.

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Podshohning bulbuli haqidagi ertak barchamizning yodimizda. Saroyda yashasa ham sahrodagi vatanini sog‘inib bir uchib kelishga ruhsat so‘raydi. Davrlar oshib eskirgan iniga kirib, ota-onasi vafot etganini ko‘radi. Qumga dumalab yoshligini, oilasini qumsab yig‘laydi. Bulbulga qo‘shib xizmatkorini yuborgan podsho bu holni eshitib, shunday saroyda yashagan bulbul baribir oilasini qumsagani, va ularni o‘rnini saroy ham bosolmasligini o‘ylab, agar ertaroq bunga ruhsat berganida baxtli yashashi mumkinligini o‘ylaydi.

Foto: Polkovnik SH. Akbarov oila holidan xabar olmoqda.

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Milliy gvardiya mehrga tashna bolalarni uyiga qaytarib, bir oila hayotini yaxshiladi (FOTO)

Qancha imkon yaratilmasin, oilani, ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi. Oiladagi muhit va qarindoshlarning mehri baribir boshqa.

Bugun mehribon davlatimiz tomonidan oilaga alohida etibor qaratilmoqda. Har birining muammosi davlat muammosiga tenglashtirilib o‘rnida unga barham berilganini guvohi bo‘lyapmiz. Oila tinch va mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham tinch va farovon boladi. Farzandlarimiz shunday tinch va to‘q zamonda yashar ekan, oilaning nechog‘lik muqaddasligini anglab yetishi kerak.

Shermuhammad Dehqonov, huquqshunos, bloger


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!