Milliy gvardiya Buxoroda yarim tunda g‘arazli niyatdagi shaxsni qo‘lga oldi

Milliy gvardiya Buxoroda yarim tunda g‘arazli niyatdagi shaxsni qo‘lga oldi

Joriy yilning 7 mart kuni soat 23:30lar atrofida Buxoro viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab tungi nazorat olib borilayotgan bir vaqtda Shofirkon tumanida joylashgan Xo‘ja Orif Moxitobon ziyoratgohi oldida noma’lum shaxs yurganligi aniqlangan.

Mas’ul xodimlar tomonidan ushbu fuqaro to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda uning yonidan eshiklar va seyflarni ochish uchun mo‘ljallangan 15 dona turli xil kalitlar va 1 dona 81 sm uzunlikda uchi o‘tkirlangan maxsus temir sim mavjudligi va ziyoratgohning imom-xatibi o‘tiradigan xonasining derazasi buzib ochilganligi aniqlangan.

Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tuman IIBga olib borilib, dastlabki surishtiruv ishlari o‘tkazilganda ushbu fuqaro Xorazm viloyatida tug‘ilgan M. M. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!