Milliarderning sobiq xotini maktab o‘qituvchisiga turmushga chiqdi

Milliarderning sobiq xotini maktab o‘qituvchisiga turmushga chiqdi

 

 

Dunyodagi eng boy odamning sobiq rafiqasi oddiy maktab o‘qituvchisiga turmushga chiqdi. Gap «Amazon» kompaniyasining bosh direktori Jeff Bezos bilan 2019 yilda ajrashgan Makkenzi Skott haqida bormoqda.

«The Wall Street Journal» nashrining yozishicha, Makkenzi o‘z taqdirini Sietldagi xususiy maktablarning sobiq o‘qituvchisi Den Juett bilan bog‘lashga ahd qilgan. Makkenzi Skott allaqachon shaharga ko‘chib o‘tgan. Hozir u yerda turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi bilan yashamoqda.

Ajrashganda Makkenzi Skott «Amazon»ning 4 foiz ulushini olgan. Bugungi kunga kelib, uning boyligi qariyb 5 milliard dollarni xayriya uchun sarflaganidan tashqari 53 milliard dollarga baholanmoqda.

Dunyodagi eng boy ayolning turmush o‘rtog‘i baxtli tasodif tufayli u tanigan insonlarning «eng saxiy va mehriboni»ga uylanganini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!