MIB xodimini bolta bilan urgan raisga qanday jazo ko‘rildi?

MIB xodimini bolta bilan urgan raisga qanday jazo ko‘rildi?

Joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Majburiy ijro byurosi xodimini bolta bilan jarohatlagani haqida xabar berilgandi.

Bugun Qarshi shahrida o‘tkazilgan jurnalist va blogerlar ishtirokidagi matbuot anjumanida mahalla raisiga qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lum qilindi, deb yozadi «Nasafnews» muxbiri.

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Odil Payanovning aytishicha, Kasbi tumani «Xo‘jaqarliq» MFY raisi B.Qilichovdan davlat foydasiga soliq qarzi va davlat boji undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha uning xonadoniga borilganida qarzdor B.Qilichov ijro harakatlarida qatnashayotgan davlat ijrochisi A.Nafasovni qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, uni bolta bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 19 iyul kuni B.Qilichovga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi tomonidan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 2021 yilning shu davriga nisbat MIB xodimiga kuch ishlatish bilan bog‘liq 5 ta holatda kuzatilganini aytdi.

«Shunday holatlardan yana biri Shahrisabz shahrida ham sodir bo‘ldi. Qarzdorlik undirish uchun avtomashinani olishga borganda, mashinani berishdan bosh tortib, xodimlarimizni sudrab, mashinani haydab, bostirib o‘tib ketgan», – deydi Odil Payano


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!