MIB: moddiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda

MIB: moddiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda

Qishning qahraton kunlarida yon berimizdagi qo‘ni qo‘shni, mahalladoshlardan xabar olish, ayniqsa qariyalar, betoblar va yosh bolalari bor, kam ta’minlangan, ehtiyojmand xonadonlarga imkon qadar yordam berish,og‘irini yengil qilish vijdon amri va katta savob ishdir.

Bugungi ayozli kunlarda, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Piskent, Quyichirchiq, Parkent, Zangiota tumanlari va Angren shahridagi ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kiritilgan fuqarolar xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi hamda fuqarolarimizning mavjud muammolarini o‘rganib, joyida amaliy ko‘mak berish choralarini ko‘rildi.

Bu kabi xayriya tadbirlari hozirda viloyatning boshqa tuman va shaharlarida larida ham davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!