Metroning 7-bekati vaqtincha yopildi

Metroning 7-bekati vaqtincha yopildi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi farmoyishi talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten Yer usti halqa metropoliten liniyasining 6 va 7 bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 7- bekat 2022 yil 11 iyul kunidan 18 iyul kuniga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati "Do‘stlik-2" bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, 2022 yil 11 iyul kunidan 1 avgustga qadar Yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun “Toshkent metropoliteni” DUK yo‘lovchilardan uzr so‘raydi, deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!