Messining muxlislariga murojaati: «Xatolarim uchun o‘zim javobgarman. Mendan shubhalanmang»

Messining muxlislariga murojaati: «Xatolarim uchun o‘zim javobgarman. Mendan shubhalanmang»

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «ko‘k-anorranglilar» muxlislariga murojaat qilib, klubdan ketishi mumkin bo‘lgan vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Shuncha kelishmovchiliklardan so‘ng, bularning barchasiga chek qo‘yishni istadim. «Barselona»ning muxlislari birlashishlari va eng yaxshisi hali oldinda ekanligiga ishonishlari kerak. Xatolarim uchun o‘zim javobgarman. Ketmoqchi bo‘lganim esa faqat klubni yaxshiroq va kuchliroq qilish uchun edi. 

Ishtiyoq va g‘ayrat uyg‘unligi – maqsadga erishishning yagona yo‘li. «Barselona» muxlislariga murojaat qilmoqchiman: agar aytgan biron gapim yoki qilgan ishim kimnidir ko‘nglini og‘ritsa, mendan shubhalanmang. Men doim klub uchun eng yaxshi narsalar haqida o‘ylab, shunday qilganman», – dedi Messi. 

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli argentinalik o‘tgan mavsum yakuniga yetgach, jamoani tark etish niyatini bildirdi. «Barselona» futbolchinining shartnomasi va 700 mln yevro tovon puli borligini sabab qilib, uni jamoada olib qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!